Universitet haqida

“Yangi O‘zbekiston” universiteti (Universitet) — ta’lim va ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni uzviy uyg‘unlashtirgan O‘zbekistondagi birinchi ko‘p tarmoqli tadqiqot universitetidir. Universitet Massachusets texnologiya institutining Jameel Abdul Latif Jahon ta’lim laboratoriyasi (J-WEL) hamda Myunxen texnika universiteti (TUM) bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik orqali O‘zbekistonda zamonaviy akademik muhitni shakllantirish va rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

Universitet muhandislik, kompyuter fanlari, gumanitar fanlar va menejment yo‘nalishlarida turli ta’lim dasturlarini taklif etib, kelajak yetakchilari va innovatorlarini taraqqiyotga xizmat qiladigan zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi. Innovatsiyalar markazi sifatida universitet forumlar, konferensiyalar va xakatonlar kabi tadbirlar orqali bilim va tajriba almashinuvini rivojlantirib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.

Dasturlarni ko‘rish

Talabalar

Xodimlar

Maktablar

Professor-o‘qituvchilar

Kelajak sari nigoh

"Ushbu universitet nafaqat respublikamiz, balki butun dunyo miqyosidagi yutuqlarning cho‘qqisi bo‘lib xizmat qiladi. U mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining yetakchi muassasasi sifatida barcha institut va universitetlarimiz uchun namuna bo‘ladi."

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
13:1

Talabalar va professor-o‘qituvchilar soni nisbati

90%

Stipendiya olgan talabalar

27.6%

Eng nufuzli 10 foiz jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar ulushi

Missiya

“Yangi O‘zbekiston” universiteti ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini uyg‘unlashtirish orqali yetakchilar, ijodiy fikrlovchi mutaxassislar va innovatorlardan iborat rang-barang hamjamiyatni shakllantirishga intiladi. Fanlararo hamkorlik va xalqaro sheriklikni rivojlantirish orqali universitet talabalarga murakkab muammolarga yechim topish, innovatsiyalar yaratish hamda bilimga asoslangan iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Core Values

Mukammallik

Faoliyatimizning barcha yo‘nalishlarida akademik talabchanlik, innovatsiya va axloqiy xulq-atvorning eng yuqori standartlariga amal qilamiz.

Ta’sir

Muvaffaqiyatimizni talabalarimizga ko‘rsatgan ijobiy ta’sirimiz, ilm-fan rivoji va jamiyat farovonligiga qo‘shgan hissamiz bilan baholaymiz.

Halollik

Barcha munosabatlarimiz va qarorlarimizda shaffoflik, halollik hamda hisobdorlik tamoyillariga sodiqmiz.

Innovatsiya

Ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va jamiyat bilan hamkorlik sohalarida sezilarli yutuqlarga erishish uchun izlanuvchanlik, ijodkorlik va uzluksiz takomillashishni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Hamkorlik

Turli qarash va g‘oyalar erkin rivojlanadigan xilma-xillik va inklyuzivlik madaniyatini shakllantiramiz.

Guiding Principles

Ilmiy tadqiqotlar va ta’lim uyg‘unligi

Biz ilmiy-tadqiqotlar va ta’limning uzviy uyg‘unligiga ishonamiz. Bunday uyg‘unlik faol akademik muhitda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va doimiy o‘rganishga intilishni rag‘batlantiradi.

Xalqaro hamkorlik

Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, tadqiqot salohiyatini mustahkamlash hamda global bilim va innovatsiyalar almashinuviga hissa qo‘shish maqsadida dunyoning yetakchi muassasalari bilan hamkorlikni faol rivojlantiramiz.

Community Engagement

We strive to be a catalyst for positive change in our local and regional communities through outreach, collaboration, and the dissemination of best practices in higher education.

Talabaga yo‘naltirilgan yondashuv

Talabalarning har tomonlama rivojlanishi va farovonligini ustuvor deb bilamiz hamda ularning akademik, kasbiy va shaxsiy muvaffaqiyati uchun zarur resurs va imkoniyatlarni taqdim etamiz.

Doimiy takomillashtirish

Fikr-mulohazalar va baholash natijalaridan foydalanib, ta’lim dasturlarimiz, xizmatlarimiz va faoliyatimiz sifatini muntazam takomillashtirib boramiz.

QAA

Powered by GSpeech