Axmedov Baxodir Bobomurodovich

Axmedov Baxodir Bobomurodovich

Rektor

Biz haqimizda

Fizika-matematika fanlari doktori Bahodir Ahmedov Germaniya, Italiya, Ispaniya, Hindiston, AQSh va O‘zbekistondagi turli universitet hamda ilmiy muassasalarda boy pedagogik, ilmiy va boshqaruv tajribasiga ega. U Germaniyadagi Aaxen texnika universiteti (RWTH Aachen University)ning Matematika, informatika va tabiiy fanlar fakultetida PhD darajasini qo‘lga kiritgan. 2020-yilda mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Bahodir Ahmedovning ilmiy va pedagogik faoliyati murakkab amaliy masalalarni hal etishda matematikadan foydalanish, shuningdek, zamonaviy texnologik muammolarni bartaraf etishda matematik nazariya, amaliy muhandislik va ilmiy hisoblash usullarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

Tajriba

  • 2011–2012 — Granada universiteti (Ispaniya), matematika bo‘yicha magistr darajasi;
  • 2012–2016 — RWTH Aachen universiteti (Germaniya), matematika, kompyuter fanlari va tabiiy fanlar bo‘yicha PhD darajasi;
  • 2016–2021 — Toshkent shahridagi INHA universiteti, Hisoblash texnikasi va axborot muhandisligi maktabi, assistent-professor;
  • 2019–2021 — Toshkent shahridagi AKFA universiteti, adjunkt-professor; 2021 — Toshkent, matematika va fizika fanlari doktori;
  • 2021–2023 — Toshkent shahridagi O‘zMU (O‘zbekiston Milliy universiteti), Muhandislik maktabi, adjunkt-professor;
  • 2021–2023 — AKFA universiteti, Muhandislik maktabi dekani;
  • 2023-yildan hozirgi vaqtgacha — Toshkent shahridagi O‘zMU, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor.
Powered by GSpeech