The site is in test mode. Previous version of the site: old.newuu.uz

Izoh:

1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, quyidagilarga 4 yillik davlat granti taqdim etiladi:

“Cambridge International AS & A Level” sertifikatiga ega Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari bitiruvchilariga;

Universitet saralash imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan va talabalikka tavsiya etilgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lganlarga;

Universitet saralash imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan va talabalikka tavsiya etilgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) yoki Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘olibligini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lganlarga;

Universitet saralash imtihonidan yuqori ball to‘plagan va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy qabul kvotalarining 5 foizi miqdorida ajratilgan kvota bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga.

2. Prezident maktablari bitiruvchilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari va xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun oldindan alohida kvotalar ajratilmaydi. Ular umumiy qabul tartibida o‘qish joyini band qilganidan keyin, ushbu joylar yuqoridagi jadvalning “Band qilingan” ustunida tegishli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha aks ettiriladi.

Bu tartibda joy band qilinganda, tegishli ta’lim yo‘nalishining umumiy qabul kvotasi doirasida toʻlov-kontrakt va/yoki tabaqalashtirilgan davlat grantlari uchun ajratilgan kvotalar soni mutanosib ravishda kamayadi.

3. Universitet saralash imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan va talabalikka tavsiya etilgan talabgorlarga (1-bandda ko‘rsatilgan grant talabgorlaridan tashqari) 1 yillik davlat granti quyidagi jadvalga muvofiq tabaqalashtirilgan tartibda ajratib beriladi:

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori o‘rinni egallagan talabgorlar (ballar ketma-ketligida) Davlat granti kvotasi (har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy qabul kvotasiga nisbatan) Bir nafar talabgor uchun moliyalashtiriladigan davlat granti
1-guruh 10 foiz 100 foiz
2-guruh 10 foiz 70 foiz
3-guruh 15 foiz 50 foiz

Bunda, tabaqalashtirilgan 1 yillik davlat grantini ajratish belgilangan mezonlarga asosan Universitet tomonidan har o‘quv yili yakuniga ko‘ra, qayta ko‘rib chiqiladi va belgilangan tartibda grant talabgorlariga taqdim etiladi.

4. Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy qabul kvotalari, talabgorlarning soni va murojaatidan kelib chiqib, Qabul komissiyasi qarori asosida o‘zgartirilishi mumkin. Bunda, davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosidagi o‘qish joylar soni mutanosib ravishda o‘zgaradi.

5. Yuqorida ko‘rsatilgan jadvaldagi talabalarni qabul qilish jarayonlariga oid statistik ma’lumotlar real vaqt rejimida yangilanganligi bois, ushbu jadvalni doimiy ravishda kuzatib borishingiz tavsiya etiladi.