Gazeta va “Yangi O‘zbekiston” universiteti sizlarni o‘zaro hamkorlikda boshlanayotgan “Lektorium” loyihasining ilk ochiq ma’ruzasiga taklif etadi!
Loyiha barcha uchun bepul va ochiq bilim beruvchi ma’ruzalar seriyasini tashkillashtirishni nazarda tutadi.
Dastlabki ma’ruzada tilshunos va antropolog olim, Fanlar akademiyasining Antropologiya instituti bo‘lim boshlig‘i Eldor Asanov turkiy tillar tarixi va ularning kelib chiqishiga oid eng qiziqarli farazlarni tahlil qiladi.
Kirish: bepul, joylar soni chegaralangani tufayli oldindan ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.
Barchangizni tilimiz ildizlariga sayohat qilish uchun ochiq ma’ruzamizga taklif etamiz!
Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
O'zbekcha
Русский
English