“Yangi O‘zbekiston” universitetida halollik, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillarini yanada mustahkamlash maqsadida barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda mas’ul shaxslarni “Korrupsiya uchun javobgarlik” onlayn o‘quv kursini o‘tashga taklif etamiz.
Mazkur kurs korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va xalqaro yondashuvlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik hamda korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari haqida amaliy va nazariy bilimlarni oshirishga xizmat qiladi.
Kursni tamomlash orqali siz:
-
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirasiz;
-
amaldagi qonunchilik va javobgarlik mexanizmlari bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlaysiz;
-
kasbiy faoliyatingizda halollik va mas’uliyat tamoyillarini yanada kuchaytirasiz.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, yakuniy testdan o‘tgan ishtirokchilarga elektron sertifikat taqdim etiladi.
???? Kursga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz va o‘qishni boshlashingiz mumkin:
Birgalikda halol, ochiq va korrupsiyadan xoli universitet muhitini barpo etaylik!
O'zbekcha
Русский
English