O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, erishilgan muhim yutuqlar va kelgusidagi ustuvor maqsadlarni aks ettiruvchi “O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” nomli elektron to‘plam bilan tanishishingiz mumkin.
To‘plamda iqtisodiyot, ta’lim, ilm-fan, texnologiyalar, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi o‘zgarishlar, shuningdek, kelgusi o‘n yillikka mo‘ljallangan yettita milliy dasturning asosiy maqsad va vazifalari infografikalar orqali yoritilgan.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar ushbu to‘plam orqali mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin.
O'zbekcha
Русский
English