“Yangi O‘zbekiston” universiteti tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) dasturlariga qabul boshlanishini ma’lum qiladi.
Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar rejalashtirayotgan ilmiy tadqiqot loyihasini taqdim etishlari va himoya qilishlari lozim. Tadqiqot loyihasini tayyorlash, taqdim etish va baholash tegishli uslubiy ko‘rsatmalarda belgilangan talab va mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Xorijiy ilmiy stajirovka imkoniyati
Yuqori ilmiy natijalarga erishgan tayanch doktorantlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida uch oygacha ilmiy stajirovka o‘tash imkoniyati yaratiladi. Stajirovka bilan bog‘liq xarajatlar “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan qoplanadi.
Chet tilini bilish darajasiga qo‘yiladigan talab
Bakalavriat va/yoki magistratura ta’limini to‘liq ingliz tilida tamomlagan talabgorlardan, mazkur holatni tasdiqlovchi tegishli hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi.
Hujjatlarni topshirish tartibi
Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Arizalar daraja.ilmiy.uz elektron tizimi orqali topshiriladi.
Qabulga oid hujjatlar
Qabul kvotalari, ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha tadqiqot loyihasini tayyorlash va baholash talablari, shuningdek, PhD va DSc darajalari uchun taqdimot namunalari quyida keltirilgan:
1. Ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar
boʻyicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul
qilishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish
va baholash boʻyicha USLUBIY KOʻRSATMA
2. Tadqiqot loyihasi taqdimoti(PhD)_ namuna.
3. Tadqiqot loyihasi taqdimoti(DSc)_ namuna.
4. Qabul kvotalari
Qabul joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar amalga oshiriladi. Arizani daraja.ilmiy.uz orqali topshirishingiz mumkin.
O'zbekcha
Русский
English